Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston va unga qo‘shni davlatlarga 1 milliard yevrolik yordam ko‘rsatadi

Foto: AFP / Bulent Kilic
Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen “Katta yigirmatalik”ning Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvida afg‘on xalqi va Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarga 1 milliard yevrolik yordam paketi ajratilishini e'lon qiladi. Bu haqda Yevrokomissiya matbuot xizmati ma'lum qildi.
“Biz Afg‘onistonda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy tanazzulni bartaraf etish uchun imkoni bor ishni qilishimiz lozim. Biz buni iloji boricha tezroq amalga oshirishimiz darkor”, deb aytgan fon der Lyayyen.
Yevrokomissiyada ta'kidlanishicha, afg‘onlar “toliblarning xatti-harakatlari uchun haq to‘lamasliklari kerak”. Yordam paketi afg‘on xalqi va afg‘onlarga yordam ko‘rsatgan qo‘shni davlatlarga mo‘ljallangan.
Jumladan, ajratiladigan mablag‘lardan 300 mln yevro Afg‘onistonda koronavirusga qarshi emlash ishlariga va inson huquqlari himoyasiga, 250 mln yevro sog‘liqni saqlash tizimiga, qolgan mablag‘lar esa Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarni qo‘llab-quvvatlashga va xavfsizlikni oshirishga yo‘naltiriladi.
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqining Afg‘onistonning rivojlanishiga mo‘ljallangan yordami muzlatilgan holda qoladi.
Mavzuga oid

20:36 / 08.07.2025
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

14:24 / 04.07.2025