Latviyada koronavirusga qarshi emlangan pensionerlarga 20 yevrodan pul to‘lanadi

Jahon 16:05 / 12.10.2021 2260

Latviya hukumati keksalarga olti oy davomida 20 yevrodan pul to‘lashga qaror qildi. Bu mablag‘ kommunal to‘lovlar narxi oshishi sababli kompensatsiya sifatida beriladi, deb yozadi Delfi.

«Bu keksalarning energiya resurslari uchun to‘lovlarini qoplashga yordam beradi», — dedi Latviya bosh vaziri Karinsh Krishyans.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur mablag‘ faqat koronavirusga qarshi emlangan fuqarolargagina beriladi.

«Har oyda 20 yevrodan to‘lanishi vaksinatsiyani ommalashtirishda samarali chora bo‘ladi», — dedi farovonlik vaziri Gatis Eglitis.

Ko‘proq yangiliklar: