Baydenni qutqarishda ishtirok etgan afg‘on tarjimoni o‘z oilasi bilan Afg‘onistonni tark etdi

Jahon 23:25 / 12.10.2021 20243

2008 yilda bortida Bayden, AQShning bo‘lg‘usi davlat kotibi va mudofaa vaziri Jon Kerri hamda Chak Xeygel bo‘lgan vertolyot Afg‘onistonda qor bo‘roniga uchrab, belgilanmagan joyda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Bu yerda amerikalik siyosatchilar jangarilar uchun yengil nishonga aylanishi mumkin bo‘lgan.

O‘shanda 36 yoshli Xaliliy AQShning 82-havo desant diviziyasi harbiylari bilan birga senatorlarni qutqarishga borgan. U amerikalik harbiylar bilan birga vertolyot qo‘ngan joyni bir kundan ortiq qo‘riqlagan va mahalliy aholi bilan muloqot qilgan.

Keyinchalik tarjimon o‘z oilasi bilan Afg‘onistonni tark etishga uringan, biroq rasmiyatchilik sababli bu urinishlari samarasiz yakunlangan. Xaliliy toliblar Afg‘onistonda hokimiyatni egallagandan keyin mamlakatni tark etish ilinjida o‘z oilasi bilan Kobul aeroportiga borgan. Biroq amerikalik harbiylar uning bir o‘zini, rafiqasi va 4 farzandisiz ichkariga kiritishga rozi bo‘lishgan. Shundan keyin Xaliliy Afg‘onistonda qolishga majbur bo‘lgan.

Avgust oxirida The Wall Street Journal nashri Xaliliydan olingan intervyuni e'lon qilgach, afg‘on tarjimoni va uning oilasiga yordam ko‘rsatilgan. Xaliliy intervyuda Baydenga murojaat qilib, undan 13 yil avval ko‘rsatgan yordami uchun himmat ko‘rsatishi va Afg‘onistondan oilasi bilan olib chiqilishida yordam berishini kutib qolishini aytgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Xaliliyga Afg‘onistonni tark etishda amerikalik sobiq harbiylar yordam bergan. Ular afg‘onistonlik sobiq harbiylar va pokistonlik ittifoqdoshlar bilan birga Xaliliyni Afg‘onistondan olib chiqish bo‘yicha yashirin amaliyotni amalga oshirishgan.

AQSh davlat departamenti vakili Xaliliy o‘z oilasi bilan birga Afg‘onistondan Pokistonga, so‘ngra u yerdan xavfsiz joyga olib chiqilganini tasdiqlagan.

Ko‘proq yangiliklar: