Toliblar jangchisining Kobuldagi hayrati, kampiriga aylanadigan uy qurib bergan chol va Iroqda saylovlar. Kun suratlari

Jahon 22:02 / 11.10.2021 44311

10 oktyabrda Iroqda muddatdan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovda davomat 41 foizni tashkil etdi - bu Saddam Husayn davridan keyingi eng past ko‘rsatkich.

Iroqda muddatdan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishiga ehtiyoj 2019 yil kuzda mamlakat hukumatga qarshi norozilik namoyishlari girdobida qolgandan keyin paydo bo‘ldi. Namoyishlar 2018 yildagi saylovlar natijalariga ko‘ra shakllantirilgan vazirlar mahkamasining iste'fosiga olib kelgan. 

Asosiy kurash Muqtada as-Sadr boshchiligidagi shialar koalitsiyasi hamda eronparast «Fath» bloki o‘rtasida kechishi kutilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, bosh vazirni saylash bo‘yicha muzokaralar bir necha hafta yoki oylarga cho‘zilishi ham mumkin.

Iroqning Najaf shahrida parlament saylovlarida ishtirok etgan keksa yoshli ayol bo‘yalgan barmog‘ini ko‘rsatmoqda. REUTERS/Alaa Al-Marjani
Iroqning Qaraqosh shahrida ayollar parlament saylovida ishtirok etish uchun saylov uchastkasiga kirishmoqda. REUTERS/Abdullah Rashid
Iroq prezidenti Barham Solih Bag‘doddagi saylov uchastkasida ovoz bermoqda. REUTERS/Thaier al-Sudani
«Tolibon»ning Vardaq viloyatidan bo‘lgan jangchisi Mustashhid ilk marta Kobul shahriga keldi. Harakatning yuzlab jangchilari ta'til olib, Kobuldagi dam olish maskanlariga tashrif buyurishgan. REUTERS/Jorge Silva
Isroil janubidagi Nitsana qishlog‘i yaqinidagi dalada dam olayotgan va o‘tlayotgan tuyalar. REUTERS/Amir Cohen
Kovboylar Fiyesta bayramiga yig‘ilmoqda, Meksika.
Alpaka va lamalar Germaniyaning Rudolshtadt shahridagi qariyalar uyiga mehmonga kelishdi.
Foto: Daniel Vogl/picture alliance via Getty Images
Livan janubidagi Zahroniy tumanida neft kompleksida kuchli yong‘in chiqdi.
Foto: AP/TASS
Kanar orollarida uyg‘ongan vulqon turar joy binolarini vayron qilmoqda. REUTERS/Juan Medina
Italiyaning Triyest shahrida parus sporti bo‘yicha musobaqa / REUTERS/Alessandro Garofalo
Liviya politsiyasi tashkil etilganiga 57 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan marsh vaqtida niqobdagi politsiyachilar ustidan uchayotgan politsiya vertolyoti, Tripoli. REUTERS/Hazem Ahmed
Avstriya kansleri Sebastyan Kurs korrupsiya mojarosi bo‘yicha surishtiruvlar fonida lavozimini tark etdi. REUTERS/Lisi Niesner
Bosniya shimolidagi Srbak shahri yaqinidagi tekislikda yashovchi ayol uyining derazasidan ko‘rinadigan manzara o‘zgarib turishini xohladi. 72 yoshli eri unga aylanadigan uy qurib berdi. Uy makka dalalari, daryo yoki o‘rmon tarafga qarab turlicha tezlikda aylana oladi. Eng tez aylanish – 22 sekundda 1 marta. REUTERS/Dado Ruvic
Yamanning Adan shahrida ro‘y bergan navbatdagi portlash hududida turgan politsiyachi. REUTERS/Fawaz Salman
Rimda koronavirus pasportlari joriy etilishiga qarshi norozilik namoyishlari vaqtida politsiya bilan to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda
REUTERS/Remo Casilli
Ispaniyalik qutqaruvchilar Grand-Kanariya orolidagi portda afrikalik migrantlarga yordam bermoqda. REUTERS/Borja Suarez
Hindistonning Shrinagar shahrida ibodat qilayotgan ayol.
REUTERS/Danish Ismail
Isroil harbiylariga qarshi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlayotgan falastinlik 
REUTERS/Raneen Sawafta

 

Tayvanning Taybey shahrida milliy kunni nishonlash marosimida ishtirok etayotgan harbiy amaldorlar.
REUTERS/ Ann Wang
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp tarafdorlari, Ayova.  REUTERS/Rachel Mummey
Burqaga o‘rangan ayollar toliblar oldida yo‘lni kesib o‘tmoqda, Kobul. REUTERS/Jorge Silva
Janubiy Koreya hukumati pandemiya sharoitlarida odatiy hayot tarziga qaytish rejasini ishlab chiqmoqchi. Suratda Seuldagi Kenbokkun saroyiga tashrif buyurgan sayyohlar. Foto: EPA/Vostock-photo

 

Ko‘proq yangiliklar: