Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya prezidenti futbol uchrashuviga qo‘yilmadi

Foto: AFP/EVARISTO SA
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru San-Paulu shtatidagi Peruybe shahriga tashrifi vaqtida himoya niqobisiz bo‘lgani uchun jarimaga tortildi. Keyinroq u koronavirusga qarshi emlanmagani sababli futbol uchrashuviga ham kiritilmagan.
Globo telekanalining xabar berishicha, prezident 9 oktyabrda shahar bo‘ylab sayr qilgan, mahalliy aholi bilan suratga tushgan. U kun davomida mamlakatda hamon taqilishi talab qilinayotgan himoya niqobisiz bo‘lgan.
“Shahar ma'muriyatining ta'kidlashicha, prezidentga 500 dollar jarima solingan”, deb ma'lum qilgan telekanal.
O‘sha kuni Bolsonaru Braziliya chempionati doirasida o‘tgan “Santos” va “Gremio” klublari o‘rtasidagi futbol uchrashuviga kira olmagan. Bu haqda uning o‘zi jurnalistlarga ma'lum qilgan.
“Men “Santos”ning o‘yinini ko‘rmoqchi edim, biroq menga emlanishim kerakligi aytildi. Nima uchun? Axir menda emlanganlardan ko‘ra ko‘proq antitanacha bor”, deb taajjub bildirgan Braziliya yetakchisi.
Bolsonaruning ta'kidlashicha, kovid-pasportlar va jamoat joylarida emlanmaganlar uchun cheklovlar kiritilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Braziliya prezidenti 20 avgustda Ribeyra vodiysidagi 4 ta shaharga tashrifi vaqtida ham sanitar cheklovlarga amal qilmagani uchun jarimaga tortilgandi.
Bundan tashqari, Bolsonaru koronavirusga qarshi emlanmagani uchun sentyabrda BMT Bosh assambleyasiga tashrifi vaqtida Nyu-Yorkdagi restoranga kiritilmagandi. Shu sababli Bolsonaru va unga hamrohlik qilgan delegatsiya ko‘chada, restoranga kirish joyida ovqatlanishiga to‘g‘ri kelgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Shmixalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi
Jahon | 10:21
-
“Huquq savollari darslikdan tushmadi” – abituriyentlar. Imtihonning birinchi kuni qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 10:20
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
Mavzuga oid

14:47 / 04.05.2025
“Inter Milan” klubi har qanday jamoa uchun boshog‘riq bo‘la oladi” – Orif Tolipov

22:57 / 26.03.2025
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bo‘yicha sud qilinadi

10:41 / 22.02.2025
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

20:03 / 19.02.2025