IIV «Telegram»da fuqarolar shaxsiy ma'lumotini to‘plab, tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotgan shaxslar haqida ogohlantirdi
“Telegram” tarmog‘ida ayrim shaxslar ijtimoiy muhandislik uslubi bilan fuqarolar shaxsiy ma'lumotlarini to‘plab, keyinchalik ularning sha'ni va obro‘siga putur yetkazuvchi “post”lar ko‘rinishida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga pul mablag‘larini talab qilayotgani kuzatilmoqda.

Foto: Kommersant'
IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatda bunday kanallardan bir nechtasi aniqlangan bo‘lib, ularning yurituvchilari xorij davlatlaridan turib faoliyat ko‘rsatishadi.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan ushbu va boshqa turdagi jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi barcha kanallar yurituvchilarining elektron manzillari aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda xorijiy hamkorlarni jalb qilgan holda tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.
Tekshiruv yakunlari yuzasidan tovlamachilik qilayotgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi aytilgan.
“Afsuski, hozirgi kunda mazkur jinoiy kanallarni bloklashning texnik imkoniyatlari mavjud emas. Shuning uchun kanallar nomi oshkor etilmaydi.
Shu o‘rinda, fuqarolarga shaxsiy ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga qo‘ymaslikni yoki begona guruh va kanallarga tarqatmaslikni, aks holda tovlamachilarning qurboniga aylanishi mumkinligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

22:17 / 05.03.2025
Putinga politsiya xodimlari ommaviy ravishda xizmatdan bo‘shatilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi

12:10 / 05.03.2025
Bosh prokuratura va IIV bir-birini tiyib turishi kerakligi aytildi

23:04 / 04.03.2025
O‘zbekistonda transport tezligini qayd etishdagi xatolik soatiga 10 kilometrga qadar ko‘tarilishi mumkin

12:30 / 03.03.2025