Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda mahalladoshini pichoqlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida mahalladoshini pichoqlab, unga tan jarohati yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 2 oktabr kuni Mirishkor tumani «Yangiqishloq» MFYda yashovchi fuqaro A.D. o‘zaro kelishmovchilik tufayli mahalladoshi U.O.ni «Pomuq» MFYga qarashli cho‘l hududida joylashgan chaylasiga chaqirgan.
Shu kuni soat 10:30larda U.O. chaylaga kelgach A.D. bilan o‘zaro tortishib qolgan. Tortishuv davomida A.D. oshxona pichog‘i bilan raqibining chap ko‘krak, tomoq va bosh sohalariga tan jarohati yetkazgan. O‘z navbatida U.O. ham o‘sha atrofda turgan panshaxa bilan A.D.ga qarshilik ko‘rsatgani sababli A.D. voqea joyidan qochib yashiringan.
Shundan so‘ng, U.O. qo‘ng‘iroq qilib sinfdoshini yordamga chaqirgan va uning yordami bilan shifoxonaga borgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida U.O.ning hayoti saqlab qolingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan A.D. Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan. Holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ta'kidlanishicha, 2021 yil 5 oktyabr kuni Mirishkor tuman «Yangiqishloq» MFYda sodir etilgan mazkur jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda Mirishkor tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik M.Bo‘riyev hamda sektor ishchi guruhi hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etgan. Muhokamada bu jinoyatni yuzaga keltirgan shart-sharoit va omillar atroflicha tahlil etilgan. Kelgusida bu kabi holatlar yuz bermasligi uchun mas'ul mutasaddilarga aniq vazifalar berilib, ular ogohlantirilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
-
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda
Jahon | 15:50
-
Farg‘onada tanishini urib ketgan haydovchi qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda
O‘zbekiston | 15:48
-
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

17:07 / 06.01.2024
Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan piyoda vafot etdi

16:59 / 14.10.2023
Qashqadaryoda baliq ovlagani borgan fuqaro cho‘kib ketdi

17:49 / 03.08.2023
Mirishkor tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

15:14 / 12.12.2022