«O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.
Loyihada davlat xaridlari shaffofligini ta'minlash va samaradorligini oshirish maqsadida davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinishi mumkin bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatini 42tadan 28taga qisqartirish taklif etilmoqda.
Ma'lumot uchun, amaldagi ro‘yxat «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun ijrosini ta'minlash maqsadida prezidentning 2018 yildagi qarori bilan tasdiqlangan.