“O‘zbekneftgaz”: Yevropaning yirik banklari bilan gaz-kimyo majmuasini kengaytirish uchun 1,1 mlrd yevrolik shartnomalar imzolandi

Jamiyat 13:51 / 01.10.2021 7229

“O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” iqtisodiy forumi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ va Yevropaning uchta yetakchi banki o‘rtasida moliyaviy hamkorlik bo‘yicha muhim shartnomalar imzolangani e’lon qilindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev bir qator yirik banklar vakillari bilan shartnomalarni imzoladi. Jumladan, “Rossiya eksport markazi” AJ vitse-prezident Nikita Gusakov bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Bundan tashqari, “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” loyihasini Euler Hermes (Germaniya) va boshqa Yevropa EKA sug‘urta qoplamalari ostida 300 mln yevrogacha miqdorda Helaba banki bilan moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi hamda savdo va eksportni tizimli moliyalashtirish bo‘yicha mutaxassis Sardor Xolmahmadov hujjatlarni imzolashdi.

Shuningdek, Euler Hermes (Germaniya) va boshqa Yevropa EKA sug‘urta qoplamalari ostida 300 mln yevrogacha miqdorda Landesbank Baden-Wuerttemberg banki bilan moliyalashtirish bo‘yicha Mehriddin Abdullayev va bankning O‘zbekistondagi bosh vakili Aziz Inomxo‘jayev hamkorlik shartnomasiga imzo chekishdi.

Forum doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ va Societe Generale S.A. banki bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Tomonlarning vakillari, ya’ni Societe Generale S. A bankining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi bo‘yicha rahbari Guliyeva Teyba va jamiyat boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev memorandum imzolashdi.

Imzolash marosimidagi so‘nggi kelishuv, Euler Hermes (Germaniya) va boshqa Yevropa EKA sug‘urta qoplamalari ostida 500 mln yevrogacha miqdorda Deutsche Bank banki bilan bo‘lib o‘tdi.

“Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi Deutsche Bank’ning O‘zbekiston va Qozog‘istondagi Igor Vagner va “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi tomonidan imzolandi.

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining (“Sho‘rtan GKM kengaytirish loyihasi”) ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish investitsiya loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risidagi hamkorlik shartnomalar 1,1 mlrd yevrodan ortiq qiymatda bo‘ldi.

Loyihaning umumiy qiymati 1,8 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lib, shundan 1,2 mlrd AQSh dollari xorijiy banklar va moliya institutlari konsorsiumi, 600 mln AQSh dollari esa “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatining kengayishi hisobiga, yiliga qo‘shimcha 280 ming tonna bimodal polietilen, 100 ming tonna polipropilen va 50 ming tonna piroliz distillyatni ishlab chiqarishni ta’minlashga xizmat qiladi. Sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodida (GTL) ishlab chiqariladigan sintetik nafta majmuaning loyihalashtirilayotgan kengaytirish obektlari uchun xomashyo bazasi sifatida xizmat qiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: