UzAuto Motors Rossiya bankidan 100 mln dollar jalb qiladi

Iqtisodiyot 20:55 / 30.09.2021 18868

Shartnomani imzolash marosimida UzAuto Motors bosh direktori Bo Inge Andersson va boshqaruv raisi o‘rinbosari, «Sovkombank» korporativ investitsiyalar bloki rahbari Mixail Autuxov ishtirok etdi.

«Sovkombank» bilan savdo-sotiqni moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi nafaqat uzoq muddatli hamkorligimizning yangi sahifasi, balki uzoq muddatli biznesni rivojlantirish strategiyamizga yana bir qadamdir”, – dedi UzAuto Motors bosh direktori.

«Bugun biz UzAuto Motors uchun akkreditiv ochyapmiz va umid qilamizki, bu talab qilingan bank vositasi kompaniyaning biznes sohasida yangi marralarni zabt etishiga yordam beradi», – ta'kidladi «Sovkombank» boshqaruv raisi o‘rinbosari,  korporativ va investitsiya bloki rahbari Mixail Autuxov.

Autuxov, shuningdek, UzAuto Motors may oyida London fond birjasida yevroobligatsiyalar debyutini joylashtirganida «Sovkombank» tashkilotchi sifatida ishtirok etganini qo‘shimcha qildi.

Ma'lumot uchun, «Sovkombank» universal bank bo‘lib, Rossiyaning 10 ta eng yirik banklari ro‘yxatiga kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: