Har yili O‘zbekistonda O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlanadi. Bu sharafli kasb ko‘p asrlar va hatto ming yilliklar davomida qadr topib kelmoqda. Ilgari bu tushuncha faqat maktab bilan bog‘liq edi, hozirda esa uning ko‘lami ancha kengaygan. O‘qituvchilar, tarbiyachilar, ustalar bizlarga bolalar bog‘chasi, oliy o‘quv yurtlari, turli malaka oshirish kurslari, qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklarda bilim ulashadi.
O‘zbekistonda bu kasb vakillariga alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatilgan. 1997 yilda esa rasman ularning kasb bayrami — O‘qituvchi va murabbiylar kuni ta'sis etilib, u har yili 1 oktabr kuni nishonlanadi. Shu kuni mazkur kasbga aloqador barcha insonlar, o‘z bilimi va tajribasi, qobiliyati va mahorati, kuch-g‘ayratini ayamay, o‘zini butun qalbi bilan ta'lim va ma'rifat ishiga bag‘ishlagan insonlarni sharaflash an'anaga aylangan.
ERIELL Group o‘zining ERIELL prof education NTMga ega. Ta'lim muassasasining ko‘p funksiyali o‘quv faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi qaroriga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yangi ta'lim texnologiyalari asosida o‘quv jarayoniga neft va gaz biznesi sohasidagi menejyer va yetakchi mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq ilg‘or xorijiy tajribani keng joriy etishga qaratilgan. ERIELL prof education — o‘z ishining haqiqiy ustalaridir. Ularning har birining hayoti neft va gaz sohasi bilan uzviy bog‘liq.
Kasb bayrami arafasida ERIELL prof education o‘qituvchilari qutlandi. NTMda loyiha yo‘nalishlari, korporativ madaniyat, menejment, psixologiya, logistika va boshqa mutaxassislardan iborat pedagogik xodimlar ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘qituvchilarni tabriklash uchun shuningdek ERIELL Group vakillari ham tashrif buyurdi.
«ERIELL prof education'da sharafli kasbiga sodiq bo‘lgan o‘z ishining haqiqiy ustalari mehnat qiladi. Hurmatli ustozlar, Sizlarga chin qalbimdan mustahkam sog‘lik, omonlik va hayotingizning barcha jabhasida omad va farovonlik yor bo‘lishini tilayman. ERIELL Group taraqqiyoti yo‘lida yangi avlodlar bilan boy tajribangizni bo‘lishishda davom eting», — dedi o‘zining qutlov nutqida ERIELL Group Xodimlarni boshqarish departamenti direktorining o‘rinbosari Xurshed Nayimovich Xodjimetov.
NTM o‘qituvchilariga bebaho va sharafli mehnati uchun ERIELL Group'ning barcha xodimlari nomidan guldastalar va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
«ERIELL prof education'da ta'lim jarayoni uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Hamkasblarimga kelsak, men ularning har biri bilan faxrlanaman. Bu yerda shubhasiz katta oilamiz bo‘lgan ERIELL Group muvaffaqiyati yo‘lida mehnat qilib, o‘z bilimlarini ayamayotgan eng yaxshi professorlar, mutaxassislar, murabbiylar faoliyat yuritadi», — dedi ERIELL prof education korporativ o‘quv markazi direktori, professor, pedagogika fanlari doktori Yusuf Negmatovich Abdullayev.
O‘zbek tilida bir dono maqol bor: «Ustoz otangdek ulug‘». Unda butun hayotimiz mazmuni mujassam, zero har bir inson uchun bilim olish hayotdagi eng oliy maqsadlardan biridir.
ERIELL Group barcha o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan chin yurakdan tabriklaydi. O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini yanada yuksaltirish yo‘lida yangi avlodlarga bilimingiz, tajribangiz va eng yaxshi fazilatlaringizni ulashish ishtiyoqi hech qachon so‘nmasin!
ERIELL Group Matbuot xizmati Ⓣ