EPSILON (EDC): Ikki yangi quduq berayotgan jami kunlik gaz hajmi 1 mln 800 ming kubmetrni tashkil etdi

Jamiyat 17:50 / 30.09.2021 7429

Joriy yilning 30 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi ikkita yangi – Ayzovat -14 hamda Nazarquduq-3 quduqlarida olib borilgan burg‘ilash ishlaridan so‘ng ulardan sanoat ahamiyatidagi gaz oqimi olindi.

Ayzovat-14 qudug‘idan olinayotgan kunlik gaz hajmi 1 mln kubmetrni tashkil etdi.

Nazarquduq konining 3- sonli qudug‘idan sanoat ahamiyatidagi olinayotgan gazning kunlik hajmi 800 ming kubmetrni tashkil etdi.

Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun 1 oktyabr kuni mazkur quduqlar gaz uzatish tizimiga ulanadi. Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya me'yorlariga muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: