TBC Bank zamonaviy O‘zbekistonni «shu yerda va hozir» kashf etadi

Jamiyat 19:45 / 29.09.2021 8116

2021 yil oktabr oyida TBC Bank o‘zbek bozoriga kirib kelgan kunini nishonlaydi va bu yubileyga bag‘ishlangan «Shu yerda. Hozir» nomli kommunikatsion kampaniyasini boshlaydi. Kampaniyadan ko‘zlangan maqsad – zamonaviy O‘zbekiston qanday ekanini turli rakurslardan ko‘rsatib berish.

TBC Bank mintaqadagi yirik innovatsion o‘yinchi sifatida nafaqat mahalliy raqamli muhitni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda, balki zamonaviy O‘zbekiston qanday ekanini anglashga harakat qilmoqda. TBC «Shu yerda. Hozir» kampaniyasi doirasida san'at, musiqa, oshpazlik, innovatsion texnologiyalar, moda va arxitekturaga o‘z hayotini bag‘ishlagan zamonaviy qahramonlar haqida ma'lumot to‘playdi.

«Biz zamonaviy O‘zbekistonda yashayotgan odamlar uchun bu O‘zbekistonni yaratayotgan odamlar haqida kampaniya o‘tkazmoqchimiz. Biz mazkur mamlakat haqidagi stereotiplardan chetlashgan holda zamonaviy O‘zbekistonning yangi qirralarini kashf qilib, uning yorqin, innovatsion va o‘ziga xos ekanini ko‘rsatib bermoqchimiz», – deydi TBC Uzbekistan marketing bo‘yicha direktori Kamilla Mo‘minova.

O‘zbekistonning ildizlari qadim asrlarga borib taqaladigan san'ati o‘zbek xalqi qalbiga nazar solish imkonini beradigan vositadir. O‘zbekistonning zamonaviy san'ati bugungi kunda milliy san'at an'analari, Yevropa postmodernizmi an'analari hamda o‘tgan asr 20-30-yillaridagi O‘zbekiston tasviriy san'atining sintezi hisoblanadi. Kampaniya xorijda yuqori baholanuvchi o‘zbek san'atining naqadar go‘zal ekaniga yana bir bor amin bo‘lish imkonini beradi.

O‘zbek xalqining qadimiy madaniyati betakror ovozi bois o‘zgacha sado beruvchi musiqada ham namoyon bo‘ladi. Bugungi kunga kelib o‘zbek klassik musiqasi mashhurlikning yangi darajasiga ko‘tarildi. Zamonaviy sahnada an'anaviy motivlar hamda G‘arb pop va elektr musiqasi uyg‘unligida ishlangan asarlar paydo bo‘ldi.

O‘zbek oshxonasi o‘zining yorqin va xilma-xil ta'mi-yu ko‘rinishi bilan Sharqda o‘z o‘rniga ega. Eng mashhur taomlardan biri bu – palov. Ko‘plab o‘zbek milliy taomlarining retsepti uzoq tarixga ega bo‘lib, Ibn Sinoning hamda o‘rta asrlarda yashagan olim-u arboblarining asarlarida tilga olinadi. Zamonaviy oshpazlik san'ati nafaqat an'anaviy o‘zbek taomlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi, balki mamlakat ko‘p millatli bo‘lgani bois, boshqa xalqlar: koreys, rus, uyg‘ur, qozoq millatlarining an'anaviy taomlarini ham o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston taraqqiyotining muhim sharti – jadal iqtisodiy o‘sishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishdan iboratdir. Bu borada O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingiga ko‘ra dunyoning 50 ta yetakchi davlatlari qatoriga kirishni maqsad qilgan.

Moda – o‘zbek xalqi madaniyatining alohida qatlami. Milliy madaniyat va san'at zamonaviy o‘zbek dizaynerlari ijodiga katta ta'sir ko‘rsatib, ko‘plab brendlar o‘z to‘plamlarida aynan milliy madaniyat va san'at elementlari hamda motivlaridan faol foydalanib kelishmoqda.

Ko‘p asrlik tarix, boy diniy va madaniy an'analar O‘zbekiston hududida saqlanib qolgan mahobatli inshootlarning me'moriy uslubini belgilab bergan. Bugungi kunda mamlakatning zamonaviylik va an'anaviylik sintezidan iborat bo‘lgan arxitekturasi qaytadan tug‘ilyapti, deb ayta olamiz.

Kim «Shu yerda. Hozir»ning qahramoni bo‘lishi mumkin? Yosh rassom bo‘ladimi, mashhur blogermi, afsonaviy me'mormi, ilg‘or fotografmi, an'analarni tiklayotgan feshn-dizaynermi yoki ixtirochimi, farqi yo‘q – kasbi va yoshidan qat'i nazar barcha qahramoniga aylana oladi.

Qahramonlar haqida ma'lumotlar yig‘ib bo‘lingach, bloglar, fotosuratlar va hujjatli videolar turli axborot maydonlari: ijtimoiy tarmoqlar, televideniye va shahar reklama bannerlari hamda LED monitorlarga joylanadi.

«Biz doimo o‘z ustimizda ishlagan holda yangiliklarni kashf etishga harakat qilamiz. Va bizning vazifamiz bu yangiliklarni qiziqarli hikoyalar, insonlar, innovatsiyalar orqali foydalanuvchilarimiz bilan bo‘lishishdir. Biz zamonaviy O‘zbekistonning bir bo‘lagi bo‘lishni istaymiz va bu mamlakat qanchalik maftun etganini o‘z kampaniyamiz konsepsiyasida ifoda etishga harakat qildik», – deydi “TiBiSi Bank” ATB boshqaruv kengashi raisi Spartak Tetrashvili.

Eslatib o‘tamiz, 30 yillik tarixga ega bo‘lgan TVS Bank Gruziyadagi eng yirik banklardan biri hisoblanadi. 2016 yildan buyon TVS Bank aksiyalarining savdosi London Stock Exchange London birjasida yuritiladi. O‘tgan yil davomida TBC Bank aksiyalarining London fond birjasidagi kotirovkasi 44,95% foizga o‘sdi. TVS Bank 2020 yilda mamlakatdagi birinchi raqamli bank sifatida O‘zbekiston bozoriga kirib keldi. Ayni damga qadar TBC.UZ ilovasining 800 000 martadan ko‘proq yuklab olingani alohida e'tiborga loyiq.

TBC zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalardan foydalangan holda o‘zining bosh maqsadi – odamlar hayotini osonlashtirish sari intiladi. O‘zbekiston bozoridagi bir yillik faoliyati mobaynida TBC o‘zini oshkoralik tamoyili asosida ishlovchi, vositachilarsiz, barcha birdek foydalana oladigan xizmatlarni taklif etuvchi progressiv bank sifatida namoyon etdi. Bank madaniyat va san'atni faol qo‘llab-quvvatlaydi hamda yoshlar va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun noyob loyihalarni ham yaratadi.

24/7 rejimida yordam ko‘rsatish xizmati: +998 (78) 777-27-27

Facebook: fb.com/tbcbankuz

Instagram: @tbcbankuzbekistan

Telegram: t.me/tbc_bank_uzb

Sayt: tbcbank.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: