Koronavirus: Kunlik holatlar soni yana 500dan osha boshladi, 6 bemor vafot etdi

O‘zbekiston 10:11 / 29.09.2021 2450

«2021 yil 28 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 173409 (+510) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 11 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 12 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 10 nafari Namangan viloyatida,
  • 32 nafari Samarqand viloyatida,
  • 9 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 15 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 31 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 11 nafari Xorazm viloyatida,
  • 124 nafari Toshkent viloyatida,
  • 227 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bungacha bir necha kun davomida kunlik holatlar soni 400 atrofida bo‘layotgandi.

Kecha kun davomida: 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11 nafar,
  • Andijon viloyatida 17 nafar,
  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Jizzax viloyatida 15 nafar, 
  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,
  • Namangan viloyatida 6 nafar,
  • Samarqand viloyatida 34 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 27 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 19 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 34 nafar,
  • Xorazm viloyatida 21 nafar,
  • Toshkent viloyatida 201 nafar,
  • Toshkent shahrida 257 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 168359 (+659) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 4 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1234 nafarni tashkil qilmoqda.

28 sentabr kuni 67 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 27084taga yetdi. Kecha bemorlarning 64 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 25365 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 229 nafarga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: