Amazon yangi robotni sotuvga chiqardi. Uni uyda qoldirib, ishga xotirjam jo‘nash mumkin

Fan-texnika 20:24 / 29.09.2021 24307

Amazon kompaniyasi yaqinda o‘zining yangi robotini ommaga taqdim qildi. Robot «Astro» deb nomlanadi. U yengil uy ishlarini bajarishda, idishlarni bir joydan boshqasiga ko‘chirishda ko‘maklashadi.

«Astro»ning bo‘yi 60 santimetr atrofida, og‘irligi 9 kilogrammga yetadi. U to‘liq zaryadlanishi uchun 45 daqiqa talab qilinadi.

Xonadon egasi «Astro»ni uyda qoldirib, xotirjam ishga jo‘nashi mumkin. Sababi robot uydagi gaz, elektr bilan bog‘liq uskunlarni ham nazorat qila oladi. Bordi-yu uyda ular bilan muammo paydo bo‘lsa, uy egasini ogohlantiradi.

Bundan tashqari, «Astro» uyni qo‘riqlash vazifasini ham bajara oladi. Xonadonga kimdir kelsa yoki kirishga urinsa, xo‘jayiniga signal yuboradi. Astroning tepa qismiga o‘rnatilgan monitor uy egasiga uyini video orqali jonli nazorat qilish imkonini beradi. Shuningdek, robotga kerakli qaydlarni kiritib, ularni eslatib turish buyrug‘ini ham bersa bo‘ladi.

«Astro» monitori orqali yaqinlar bilan videoaloqaga chiqish, ko‘rsatuv yoki filmlar tomosha qilish mumkin. Robot sotuvga chiqarilgan. Narxi – 999 dollar.

Ko‘proq yangiliklar: