Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2021 yil avgust oyida 1059 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 5,9 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 30 foizlik o‘sishni qayd etgan.
Ishbilarmonlik faolligi indeksining o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning bank hisob varaqalaridagi operatsiyalar soni 4,2 foizga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar bo‘yicha komponent 0,9 foizga oshgan;
- tovar-xomashyo birjasida xomashyo sotib olish jadalligi 6 foizga ko‘paygan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 1,6 baravarga oshgan.
Ishbilarmonlik faolligi indeksining Toshkent viloyatidan tashqari 13 ta hududda iyul oyiga nisbatan o‘sishi kuzatilgan. Farg‘ona (55,5 foiz), Samarqand (42,4 foiz), Xorazm (38,1 foiz), Namangan (38 foiz) va Jizzax (34,8 foiz) viloyatlarida o‘sish sezilarli darajada bo‘lgan.
Shu bilan birga Toshkent (1,4 foiz) viloyatida o‘tgan oyga nisbatan mo‘'tadil pasayish kuzatilgan.