Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joriy yilda doktorantura imtihonlari an'anaviy tarzda o‘tkaziladi
Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzovaning brifingda ma'lum qilishicha, bu yilgi imtihonlar onlayn emas, odatdagidek an'anaviy tarzda bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini videokuzatuv ostida (onlayn translatsiya) o‘tkazish choralari ko‘riladi.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari bo‘yicha topshiriladigan birinchi fan (mutaxassislik yoki chet tili) umumiy ballining 50 foizidan kam ball to‘plagan talabgorlar keyingi bosqichga o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, tayanch doktoranturaga kirish imtihonlaridagi savollar bir ixtisoslikdan boshqa ixtisoslikka to‘g‘ri kelmagani sababli ko‘chirish mumkin emas.
Bildirilishicha, normativ-huquqiy hujjatlarda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan shaxs tayanch doktoranturaga hujjat topshirishi mumkinligi va mumkin emasligi to‘g‘risida normalar berilmagan. Shu munosabat bilan, hujjat topshirishda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan ilmiy yoki ta'lim tashkilotlarining ruxsatiga asosan topshirish maqsadga muvofiq.
Stajyor-tadqiqotchilik esa ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli hisoblanib, ushbu shaklda o‘qigan shaxsga hech qanday imtiyoz berilmaydi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40
-
Olmaota shahrining yuqori qismlarida ko‘p qavatli turar joylar qurishga moratoriy joriy etiladi
Ko‘chmas mulk | 16:39
-
Endi «beshtalik»dagi oliygohlarga kirolmagan abituriyentda oltinchi imkoniyat ham paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 16:31
-
Ikki oyda 73 ming o‘zbekistonlik o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqladi
Iqtisodiyot | 16:26
Mavzuga oid

13:14 / 23.07.2025
Prezident maktablari 1-bosqich imtihon natijalari chiqdi

14:33 / 21.07.2025
Test natijasi qachon chiqadi? Uni qanday, qayerdan bilish mumkin?

11:29 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?

10:46 / 18.07.2025