Onlayn nazorat kassa mashinalariga oid tartib o‘zgarmoqda, tadbirkorlar ortiqcha to‘lovlardan qutulishi mumkin

Iqtisodiyot 18:59 / 23.09.2021 38917

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan VMning “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Hujjatni Savdo-sanoat palatasi Kun.uz’ga taqdim etdi.

Unda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 noyabrdagi 943-son qaroriga:

  • onlayn NKM yoki virtual kassaga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining talablari bo‘yicha faqat ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov undirilishi lozimligi;
  • virtual kassani davlat reyestriga kiritish uchun Davlat soliq qo‘mitasining maxsus hisob raqamiga pul mablag‘i o‘tkazilmasligi;
  • onlayn NKM yoki virtual kassani davlat reyestriga kiritish maqsadida “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan ekspertiza xulosasi ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etilishi to‘g‘risidagi me'yorlar belgilanmoqda.

Avvalroq Kun.uz onlayn nazorat kassa mashinalariga tadbirkorlar tomonidan qilinayotgan ortiqcha to‘lovlarga e'tibor qaratib tahliliy maqola e'lon qilgandi. Amaldagi tartibga ko‘ra, tadbirkor onlayn NKMni sotib olgan kompaniyaga har oy “texnik xizmat ko‘rsatganlik” uchun (texnik xizmat ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmaganidan qat'i nazar) to‘lov qilishi kerak. 

Davlat soliq qo‘mitasi Kun.uz’ning bu masaladagi so‘roviga javoban onlayn nazorat kassa mashinalari 15 turda bo‘lib, ularning har biriga xizmat ko‘rsatuvchi markazlar mavjud. Ammo davlat ularning ishiga aralasha olmaydi, deya javob bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: