23-24 sentyabr kunlari Tojikistonning Dushanba shahrida «Made in Uzbekistan» biznes-missiyasi o‘tkaziladi.
Xabar qilinishicha, biznes-missiya O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Tojikiston savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Unda O‘zbekistondagi tekstil, charm-poyabzal, oziq-ovqat, zargarlik, farmatsevtika, qurilish va mebelsozlik sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan 40 ta kompaniya ishtirok etadi.
Biznes-missiya doirasida ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida «B2B» shaklida muzokaralar o‘tkaziladi.
Shuningdek, «Made in Uzbekistan» brendi ostida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi shourumda mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.