Soliq tushumlari 30 foizga ko‘paydi, buning 6 sababi keltirildi

Iqtisodiyot 19:22 / 21.09.2021 14828

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillari joriy yilning 1 yanvaridan 31 avgustigacha bo‘lgan davrda respublika soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30,8 foizga oshganini ko‘rsatdi.

Quyidagi hududlarda soliq tushumlarining sezilarli o‘sishi qayd etildi:

  • Qashqadaryo (41,2 foiz);
  • Xorazm (39,2 foiz);
  • Navoiy (38,9 foiz);
  • Samarqand (36,2 foiz);
  • Toshkent (35,7 foiz) viloyatlari;
  • Toshkent shahri (39,1 foiz).

Soliq tushumlari o‘sishining omillari sifatida quyidagilar keltirilgan:

  1. O‘tgan besh yil mobaynida 114ta litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, 33ta faoliyat turi bo‘yicha xabarnoma tartibi joriy etildi;
  2. Ruxsatnomalar olish tartib-taomillari soddalashtirildi va ularni berish muddatlari o‘rtacha 2 barobar qisqartirildi;
  3. Keraksiz cheklar bekor qilindi;
  4. Naqd pul, valuta va xomashyo aylanmasi bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilindi;
  5. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yangi tadbirkorlik sub'yektlari soni jadal ko‘payib, mavjudlari o‘z faoliyatini yanada kengaytirdi. O‘tgan besh yil mobaynida tadbirkorlar soni deyarli uch barobarga oshdi va faol tadbirkorlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 80 foiz ko‘pdir;
  6. Ko‘plab ishbilarmonlar o‘z biznesini umummilliy ravishda kengaytirib, minglab ish o‘rinlarini yaratdi va yirik muvaffaqiyatli kompaniyalarga aylandi. Ichki va tashqi bozorda o‘z brendiga ega tadbirkorlar sinfi shakllana boshladi.

Avvalroq, YaTTlar uchun ijtimoiy soliq 2 barobarga pasaytirilgani hamda joriy yilda tadbirkorlik sub'yektlariga 9 trilliondan ziyod QQS qaytarilgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: