O‘zbekiston Yandeks kompaniyasi uchun aholisining asosiy qismi yoshlardan iborat bo‘lgan muhim bozor sanaladi. Bu haqda Toshkentdagi xalqaro konferensiyada Yandeks Go va Market’ning davlat organlari bilan aloqa xizmati boshlig‘i Aleksandr Visotskiy ma'lum qildi.
«Biz O‘zbekistonda katta potensial ko‘rmoqdamiz: O‘zbekiston aholisining asosiy qismi yoshlardan iborat va bu yerda ta'lim uchun investitsiya kiritilmoqda.
Biz uchun O‘zbekiston – katta talab bo‘lgan muhim bozordir. Biz mamlakatdagi tezkor o‘zgarishlarga tayyormiz hamda bu bozorga qiziqish bilan qaraymiz», – degan kompaniya vakili.
Shuningdek, Aleksandr Visotskiy mamlakatda o‘zbek tiliga to‘liq tarjima qilingan Yandeks xaritalar dasturi va taksi xizmati yaxshi rivojlanayotganini qo‘shimcha qildi.