Yo‘lovchilar bilan o‘zini nojo‘ya tutgan taksi haydovchisiga nisbatan chora ko‘riladi - IIBB

Jamiyat 08:10 / 18.09.2021 3379

Ma'lum bo‘lishicha, «Matiz» rusumli avtomobil haydovchisi J.T. tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgani to‘g‘risida Toshkent shahar IIBBga ariza kelib tushmagan. Idora xodimlari yuqoridagi e'lon muallifi bilan bog‘lanib, jabrlanuvchilar haqida ma'lumot olgandan so‘ng, ayollarga yozma ravishda ichki ishlar organlariga murojaat qilish zarurligi tushuntirilgan. 

2021 yil 17 sentyabr kuni ikki nafar jabrlanuvchilar – E.M. va T.Yu. Mirobod tumani IIO FMBga murojaat qilishgan. Uchinchi qiz – M.S. ham yaqin orada ariza yozishga tayyorligini bildirgan.

Mazkur holat bo‘yicha tergovoldi tekshiruvlari olib borilayotgani aytiladi.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Agar siz va yaqinlaringiz nojo‘ya xatti-harakat qilgan taksi haydovchilariga duch kelsangiz, ichki ishlar organlariga murojaat qiling. Bu nafaqat sizga, balki jamiyatga ham foyda bo‘ladi”, deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: