Xitoylik huquq himoyachisi koronavirus rasman e'lon qilingandan bir necha hafta oldin paydo bo‘lganini aytdi

Jahon 00:02 / 18.09.2021 9113

Xitoylik huquq himoyachisi, hozirda AQShda yashovchi Vey Tszinshen Xitoy koronavirus tarqalishini rasman e'lon qilishidan bir necha hafta oldin koronavirus haqida AQSh maxsus xizmatlarini ogohlantirgan. Bu haqda The Mirror nashri xabar berdi.

Jurnalist Sharri Marksonning “Uhanda aslida nima yuz bergan?” nomli hujjatli filmida Tszinshen 2019 yil noyabrda Uhanda o‘tgan Butunjahon harbiy o‘yinlarida noma'lum virus borligidan qanday xabar topgani haqida so‘zlab bergan.

Uning ta'kidlashicha, u o‘sha vaqtda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatidagi yuqori mansabdor shaxslarni Uhandagi vaziyat jiddiyligidan ogohlantirishga uringan, biroq uning epidemiya yuz berishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishi jiddiy qabul qilinmagan.

Xitoylik ushbu axborot bilan bo‘lishgan amerikalik mansabdor shaxslarning ismini aytishdan bosh tortgan va faqat xitoylik huquq himoyachisi Dimon Lyu bilan gaplashganini aytgan.

JSST koronavirus tarqalishini 2020 yil 30 yanvardagina xalqaro ahamiyatga ega favqulodda vaziyat deb e'lon qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: