Super kontrakt uchun ariza topshirishning so‘nggi muddati 1 oktabr etib belgilandi
Super kontrakt bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uchun ariza topshirishning so‘nggi muddati 1 oktabr etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

“2021/2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021 yil 1 oktabr kuni etib belgilandi”, deyiladi ma'lumotda.
Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1 oktyabriga qadar tegishli oliy ta'lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari mumkin.
Mavzuga oid

09:21
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

17:56 / 22.02.2025
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘quvchi ta’limiga qanday ta’sir qiladi?

16:49 / 15.02.2025
Ta’lim olish sog‘liq uchun foydali ekani isbotlandi

13:05 / 13.02.2025