IIV YHXBB xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan 18-19 sentabr kunlari soat 07:00 dan 11:00 ga qadar tuman hududidan o‘tgan 4R10 "Chorbog‘ suv ombori halqa avtomobil yo‘li"ning 0-kilometridan 13-kilometrigacha bo‘lgan masofada harakatlanish vaqtincha cheklanadi.
Mazkur vaqtda haydovchilarga 4R6 "Toshkent-Chirchiq-Chimyon" avtomobil yo‘lining 54-kilometridan 96-kilometrigacha bo‘lgan yo‘l orqali, ya'ni Chimyon qishlog‘i orqali aylanib o‘tish tavsiya etiladi.
Barcha haydovchilardan vaqtincha yo‘l yopilganda tartibga soluvchilarning ishoralari hamda yo‘l belgilarining talablariga rioya qilish so‘ralgan.