Buning oqibatida unda jigar qotishi, taloq kattalashishi ham kuzatila boshlaydi. Shifokorlar bolada zudlik bilan jigar ko‘chirish amaliyoti o‘tkazish lozimligini aytishgan bo‘lsa-da oilada bunga imkoniyat yo‘q edi. Bor-budini sotgan oila yaxshilar ko‘magida Hindistonga yo‘l olishadi.
Ayni paytda Orifjon xorijda murakkab operatsiyani boshdan o‘tkazdi. Farzandining tuzalib ketishi uchun hamma imkoniyatlarini ishga solayotgan otasining ma'lum qilishicha, unda ketma-ket ikkita jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.
“O‘g‘limni 26 avgust kuni operatsiya qilishdi. Bu yerda bir davolanish kursi 21 kun ekan. Bundan ikki kun avval yana operatsiya qilindi. Operatsiya uchun mablag‘ni oxirigacha to‘lashga pulimiz yetmadi. Hali bu yerda yana qancha davolanishimiz noma'lum. Shuning uchun yaxshi insonlar ko‘magiga muhtojmiz” deydi otasi Olimjon Donayev.
Umid qilamizki, musofir yurtda bemor farzandi bilan qolayotgan otaga yordam berishni istagan savobtalab insonlar oramizda ko‘plab uchraydi.
Orifjon Rahmatovga oid ma'lumotlar:
O‘zkard: 8600 3129 7630 6437 ammasi Mohinur Donayeva nomida
Sberbank: 4279 3806 2378 2671 qarindoshi Asliddin Odilov nomida
Viza: 4023 0601 2336 4415 otasi Olimjon Donayev nomida