Ayrim mamlakatlarda Xiaomi smartfonlari ishlamay qoldi

Fan-texnika 16:18 / 11.09.2021 31625

Xiaomi kompaniyasi o‘zi ishlab chiqargan smartfonlardan ayrim mamlakatlarda foydalanishni cheklab qo‘ydi, deb xabar berdi XDA-developers.

Xabarda aytilishicha, kompaniya smartfonlari Kuba, Suriya, Shimoliy Koreya hamda Rossiya tarkibiga qo‘shilgan Qrimda ishlashdan to‘xtagan.

Smartfonlar ishlamay qolishi sentyabr boshlarida qayd etilgan, o‘tgan haftada esa bu holat juda ko‘pchilikda kuzatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozilishicha, smartfon sotib olinganidan ikki kun o‘tgach smartfon ekranida Xiaomi siyosati bu hududlarda kompaniya mahsulotlari sotilishiga yo‘l qo‘ymasligi haqidagi yozuv paydo bo‘ladi.

Aytishlaricha, boshqa mamlakat yoki hududda sotib olib aktivatsiya qilingan smartfonlarda bu holat kuzatilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: