O‘zbekistonga 1,2 mln dozadan ortiq Pfizer vaksinasi olib kelinishi kutilmoqda

O‘zbekiston 20:24 / 09.09.2021 4605

Yaqin kunlarda O‘zbekistonga 1 mln 200 ming dozadan ortiq Pfizer/BioNTech va 600 ming dozadan ortiq AstraZeneca vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Hozirda mamlakatda 4 turdagi: ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, Sputnik V, Moderna vaksinalaridan emlash jarayonlarida foydalanib kelinmoqda.

Pfizer/BioNTech vaksinasi o‘zbekistonliklar emlanadigan 5-vaksina bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, ayni kungacha mamlakatda jami 15 mln 978 ming 140 doza vaksina qo‘llangan. Shu kungacha to‘liq emlanganlar soni 2 mln 710 ming 887 nafarni tashkil qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: