O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar soni bittaga kamaydi

Iqtisodiyot 18:46 / 08.09.2021 22877

Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi O‘zbekistondagi tabiiy monopoliya sub'yektlarining yangilangan ro‘yxatini e'lon qildi.

1 sentyabr holatiga ko‘ra, tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha 129 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt ro‘yxatga olindi. “Qo‘qon issiqlik energo” MChJ bu ro‘yxatdan chiqarildi.

2021 yilning fevral oyida esa tabiiy monopoliyalar soni 130 tani tashkil qilgandi. Yil boshida Jizzax viloyatidagi «Dashtobod temir yo‘l uchastkasi» MChJ hamda Toshkent shahridagi «South West Termina» MChJlar temir yo‘l xizmatlari ko‘rsatmayotganligi uchun reyestrdan chiqarilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha 136 ta, 1 noyabr holatida esa 131 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt ro‘yxatga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: