O‘zbekistonga Xitoydan ikki kunda 4,5 mln doza vaksina olib kelindi

O‘zbekiston 09:48 / 06.09.2021 4450

6 sentabr kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 million dozadan iborat navbatdagi partiyasi keltirildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, bu bilan mamlakatga keltirilgan vaksinaning jami miqdori 22 million 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.

Shundan:

  • 460 000 dozasi Sputnik V,
  • 986 480 dozasi AstraZeneca,
  • 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 15 004 856 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 2 123 460 nafarni tashkil qilmoqda.

5 sentabr kuni ham ushbu vaksinadan 1,5 mln doza keltirilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: