Qashqadaryoda IIBga mashinasi yo‘qolgani haqida yolg‘on xabar bergan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jamiyat 20:49 / 06.09.2021 1493

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida IIBga mashinasi yo‘qolgani haqida yolg‘on xabar bergan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 31 avgustdan 1 sentyabrga o‘tar kechasi Chiroqchi tumani Dam mahallasida yashovchi X.U. tanishi X.B bilan oldindan o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.E.ning nomida bo‘lgan, o‘zi foydalanib kelayotgan «Jiguli» mashinasini mahalladoshi Q.J.ning yashash hovlisi orqa tomoniga olib borgan. So‘ng 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, navbatchi operatorga uyi oldida ochiq holatda qoldirilgan «Jiguli» mashinasini kech soat 2:00 larda noma'lum shaxslar olib ketganini bayon qilgan. Aybdor shaxslarni aniqlab, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, jinoyat sodir bo‘lgani haqida yolg‘on xabar bergan.

Qayd etilishicha, Chiroqchi tuman IIO FMB xodimlari tomonidan murojaat bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, davlat raqami 70 V 630 YeA bo‘lgan «Jiguli» mashinasi noma'lum shaxslar tomonidan olib qochilmagani, aksincha mashina arizachi X.U tomonidan yashash uyidan uzoq joyga olib borib qo‘yilgani aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan X.U va X.B.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 237-moddasi 2-qismi «a va «b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: