Delta shtammi dunyoning 170 mamlakatida qayd etildi

Jahon 15:17 / 01.09.2021 5860

Koronavirusning delta shtammi dunyoning 170 mamlakatida qayd etildi, deb xabar berdi JSST matbuot xizmati.

Mazkur shtamm birinchi marta Hindistonda aniqlangandi.

Qayd etilishicha, alfa shtammi 193, beta shtammi 141 va gamma shtammi 91 mamlakatda aniqlangan.

O‘tgan bir hafta davomida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 4 mln 395 mingta holat qayd etildi.

Dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 218,6 milliondan oshgan, 4,5 milliondan ziyod bemor vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: