Avgustda tovar va xizmatlar 0,5 foizga qimmatladi

O‘zbekiston 19:25 / 01.09.2021 3663

Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, avgust oyida iste'mol sektoridagi inflatsiya 0,5 foizni tashkil qildi. Joriy yil boshidan iste'mol sektorida narxlarning o‘sish darajasi 4,8 foizni tashkil etdi.

Yillik nisbatda INI o‘sish darajasi 11,1 foizga etdi. 

Taqqoslash uchun 2020 yilning yanvar-avgustida umumiy INI o‘sish darajasi 4,8 foizni tashkil etgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra avgustda:

- Oziq-ovqat mahsulotlari 0.7 foizga (o‘tgan yilning mos davrida esa 0,3 foizga qimmatlagan);

- nooziq-ovqat mahsulotlar 0,5 foizga (o‘tgan yil 0,8 foiz);

- xizmatlar 0,2 foizga qimmatlagan (o‘tgan yil 0,4 foiz).

Oziq-ovqat mahsulotlari o‘tgan yilning avgustiga nisbatan 15,5 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar 8 foizga, xizmatlar 7,6 foizga qimmatlagan.

Statqo‘m 2021 yilning iyul oyida deflyatsiya kuzatilganini e'lon qildi. O‘tgan oyda tovarlar va xizmatlar 0,2 foizga arzonlagandi. Narxlar pasayishi mavsumiy xarakterga egaligi ma'lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, iyunda Markaziy bank yillik YaIM prognozini 6,8 foizga oshirgandi. Biroq regulyator inflatsiya bo‘yicha kutilmalarni o‘zgarishsiz qoldirdi.

Ko‘proq yangiliklar: