Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi

Iqtisodiyot 17:09 / 24.12.2024 1992

Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 5,9 foizga oshdi. Bu ma’lumotlar Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi tomonidan 2024 yil 11 oyi yakunlari bo‘yicha taqdim etilgan, deb xabar berdi 24.kg.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, yanvardan noyabrgacha Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 85,58 milliard dollarga yetgan.

Xitoyning Qozog‘iston bilan savdo aylanmasi 8,7 foizga, Qirg‘iziston bilan 11 foizga, Turkmaniston bilan esa 0,4 foizga oshgan.

O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi 3,3 foizga (12,34 milliard dollargacha), Tojikiston bilan 1,6 foizga (3,55 milliard dollargacha) kamaygan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Xitoyga import 7 foizga oshgan (27,3 milliard dollargacha).

Ko‘proq yangiliklar: