Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik holatlar 1200dan ortiq, yana 11 bemor vafot etdi

O‘zbekiston 10:11 / 26.08.2021 14295

«2021 yil 25 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 152363 (+846) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 80 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 41 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 29 nafari Jizzax viloyatida,
  • 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 14 nafari Navoiy viloyatida,
  • 34 nafari Namangan viloyatida,
  • 81 nafari Samarqand viloyatida,
  • 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 29 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 86 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 27 nafari Xorazm viloyatida,
  • 122 nafari Toshkent viloyatida,
  • 248 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 87 nafar,
  • Buxoro viloyatida 14 nafar,
  • Jizzax viloyatida 35 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 20 nafar,
  • Navoiy viloyatida 20 nafar,
  • Namangan viloyatida 58 nafar,
  • Samarqand viloyatida 65 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 20 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 94 nafar,
  • Xorazm viloyatida 35 nafar,
  • Toshkent viloyatida 101 nafar,
  • Toshkent shahrida 135 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 144988 (+684) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 7 nafari vafot etib, pandemiya boshidan buyon, rasmiy statistika bo‘yicha kasallik qurbonlari sifatida ro‘yxatga olinganlar soni 1050 nafarni tashkil qildi.

25 avgust kuni 353 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 22144taga yetdi. Kecha ularning 332 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 14660 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 156 nafarga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: