Samarqandda Covid-19 infeksiyasiga chalinganlarni davolashga mo‘ljallangan ikkita markaz yopildi

O‘zbekiston 08:48 / 20.08.2021 2803

Samarqand viloyatida joylashgan, Covid-19 infeksiyasiga chalinganlarni davolashga mo‘ljallangan ikkita markaz yopilgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Samarqand viloyatida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgani hamda kasalliklar aniqlanishi keskin kamayganligi bois 19 avgust kunidan boshlab viloyatdagi ikkita davolash markazi yopilgan. Jumladan, Samarqand shahri Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi va Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan «Marvarid» davolash markazlari o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

Qayd etilishicha, mazkur markazlarda davolanyotgan bemorlar sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: