O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi tarkibi ma'lum qilindi

Iqtisodiyot 08:12 / 19.08.2021 11934

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 8,1 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, import 13,4 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.

Eksport tarkibi quyidagicha:

  • sanoat mahsulotlari – 2,4 mlrd;
  • xizmatlar – 1,3 mlrd;
  • oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 704,7 mln;
  • kimyoviy mahsulotlar – 576,2 mln;
  • turli tayyor mahsulotlar – 440,2 mln;
  • mashina va asbob-uskunalar – 387,2 mln;
  • mineral yoqilg‘ilar va moylash mahsulotlari – 370,2 mln;
  • nooziq-ovqat mahsulotlari – 290,2 mln. 

Import tarkibi:

  • mashina va transport asbob-uskunalari – 4,5 mlrd;
  • sanoat mahsulotlari – 2,5 mlrd;
  • kimyoviy mahsulotlar – 1,8 mlrd;
  • oziq-ovqat mahsulotlari – 1,3 mlrd; 
  • turli tayyor mahsulotlar – 814,7 mln;
  • xizmatlar – 843,4 mln;
  • nooziq-ovqat mahsulotlari – 707,0 mln;
  • mineral yoqilg‘ilar va moylash mahsulotlari – 651,7 mln.
Ko‘proq yangiliklar: