Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (SERR) joriy yilning iyul oyida o‘z biznesining rivojlantirish istiqbollarini qanday baholashlarini bilish uchun respublika bo‘ylab 1000 dan ortiq korxonalar bilan suhbat o‘tkazdi. Bu haqda markaz axborot xizmati ma'lumot bermoqda.
Iyul oyida ishbilarmonlik muhitining umumiy ko‘rsatkichi o‘tgan oyga nisbatan 3 punktga kamaygan va 55 punktda (-100 dan +100 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha) mamlakatdagi ishbilarmonlik muhiti ijobiy deb baholangan.
Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichining dinamikasi
Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlarining pasayishi respublikadagi noqulay epidemiologik vaziyat bilan izohlanadi. Xususan, kichik va o‘rta biznes vakillarining 17 foizi pandemiyaning tovar/xizmatlarga bo‘lgan talabga salbiy ta'sirini qayd etgan.
Biznesning hozirgi holati ko‘rsatkichining pasayishi sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlar o‘rtasidagi kayfiyatning o‘zgarishi bilan, bu esa asosan kengaytirilgan karantin cheklovlari bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, qurilish sohasida biznesning hozirgi holati sezilarli darajada yaxshilanmoqda.
Ko‘rib chiqilayotgan yana bir ko‘rsatkich, biznesni rivojlantirish istiqbollarini kutish ko‘rsatkichi bir pog‘onaga kamayib, 72 punktni tashkil etdi, bu esa o‘z navbatida tadbirkorlarning keyingi 3 oy davomida o‘z biznesini rivojlantirish istiqbollari haqidagi umidlarini optimistik tarzda aks ettiradi.