O‘zbekistonga AstraZeneca vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelinadi

Jahon 13:28 / 13.08.2021 5505

Ertaga, 14 avgust kuni COVAX dasturi doirasida Fransiyadan 276 ming 480 doza AstraZeneca vaksinasi O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Shunda O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina miqdori 14 million 856 ming 540 dozaga yetadi.

Shundan:

  • Sputnik V – 370 ming doza;
  • AstraZeneca – 986 ming 480 doza;
  • ZF-UZ-VAC2001 – 10 million 500 ming doza;
  • Moderna – 3 million 60 doza.

Malumot uchun, 12 avgust holatiga ko‘ra, emlash jarayonlarida jami 11 million 651 ming 161 doza vaksina foydalanilgan. Shu kungacha koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolar soni esa1 million 380 ming 457 nafarni tashkil qilmoqda.

Avvalroq, Germaniya hukumati SOVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga 355 ming 200 doza vaksina yetkazib berishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: