Rossiyada ilk marta Covid-19’dan kunlik o‘limlar soni 800dan oshdi, regionlarda uchinchi to‘lqin

Jahon 20:34 / 12.08.2021 8135

Rossiya kunlik o‘limlar soni bo‘yicha ilk bor 800lik nuqtadan o‘tdi, bungacha to‘rt marta - 16, 24, 29 iyul kunlari va 11 avgustda koronavirusdan bir kunda 799 kishi vafot etgani haqida xabarlar berilgandi.

Endilikda Rossiyada koronavirusdan vafot etganlarning jami soni shtab ma'lumotlari bo‘yicha 168 049tani tashkil etmoqda. Rosstat esa pandemiya boshidan buyon Covid-19 qurboniga aylanganlar soni ikki barobar ko‘proqligini bildirgan - shu vaqtgacha o‘lim holatlari soni 300 mingdan oshib ketgan.

So‘nggi bir kunda 21 932ta yangi kasallanish holati qayd etilgan, eng ko‘p holatlar - Moskvada (2 294), Peterburgda (1 801) va Moskva oblastida (1 143). Shu bilan birga, 20 195 kishi tuzalgan.

Shu bilan birga, Moskvada sun'iy nafas oldirish apparatlariga ulangan bemorlar soni bir oy ichida ikki barobar kamaygan. Poytaxtda shifoxonalarga yotqizilayotgan bemorlar soni ham qisqarishi davom etmoqda, Peterburgda esa shu kunlarda shifoxonaga yotqizilganlar soni keskin ortdi, Covid-19ga chalinish bilan bog‘liq kunlik holatlar ham kamaymayapti.

Regionlarda kunlik o‘limlar o‘sishi
Moskva va Peterburg o‘limlar va kunlik kasallanish holatlari bo‘yicha yetakchi bo‘lib turgan bo‘lsa-da, vaziyat avgust oyiga kelib biroz yaxshilangan.

Iyun oyi oxiri va iyul oyi boshlarida Moskva va Peterburgda koviddan kuniga 100dan ortiq odam o‘lar edi, hozirda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 56 va 48tani tashkil etgan.

O‘z navbatida, regionlarda kunlik kasallanish holatlari va o‘lim holatlari sezilarli ravishda o‘sgan. O‘limlar soni bo‘yicha antiliderlar qatoriga Krasnodar o‘lkasi (32) va Perm o‘lkasi (29), shuningdek, Rostov oblasti (28) qo‘shilgan. Kunlik kasallanish holatlari bo‘yicha Top-5ga Nijyegorod (549) va Sverdlovsk oblastlari (523) paydo bo‘lgan.

Shu tufayli Rossiyaning umumiy ko‘rsatkichlari hozir ham iyun oyi oxiri va iyul oyi boshidagi ko‘rsatkichlardan u qadar ko‘p farq qilmayapti.

Rosstatning raqamlari kattaroq
Opershtab tomonidan e'lon qilingan koronavirusdan o‘lim holatlari soni Rosstat ma'lumotlaridagi sonlardan ikki barobar kamroq.

Shu yilning iyun oyida opershtab Covid-19 tufayli 13 509 o‘lim qayd etgan bo‘lsa, Rosstatda yilning bu davri uchun raqamlar - 27 118 holat.

Statistikaga ko‘ra, pandemiya boshidan iyun oyi oxirigacha Rossiyada koronavirus va uning oqibatlaridan vafot etganlar soni 300 mingdan oshiq.

Opershtabdan farqli ravishda, Rosstat faqat koronavirus o‘limning asosiy sababi bo‘lgan holatlarni emas, balki asosiy sabab bo‘lgani taxmin qilingan hamda qo‘shimcha kasallik sifatida tashxis qo‘yilgan holatlarni ham hisoblaydi.

Ko‘proq yangiliklar: