Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘ynoqda ommaviy mushtlashuv holati yuzasidan izoh berildi

Kecha Mo‘ynoqda "Aral" o‘yingohida ommaviy mushtlashuv bo‘lgani haqida xabar bergandik. Mo‘ynoq tumani hokimligi holat yuzasidan Kun.uz’ga izoh berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, voqea kecha, 10 avgust kuni soat 18:00 da Muynoq tumani «Orol» stadionida sodir bo‘lgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlar orasida sportning futbol turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi XXVIII chempionati «KUShMAG» 2-ligasi doirasida Muynoq tumanining «Muynoq siti» va Milliy Gvardiyaning «Jayxun» jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tgan.
O‘yin jarayonida ikkita jamoa o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. O‘yinning taxminan 67-daqiqalarida «Mo‘ynoq siti» jamoasi a'zosi Myrzamuratov Salamatni «Jayxun» klubi a'zosi Yerejyepov Alpamys chalib yiqitgan. Natijada jamoalar orasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan. Ayrim tomoshabinlar esa o‘yinni boshqargan bosh hakamning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, maydon tomonga chiqib ketgan.
Qayd etilishicha, holat natijasida hech kimga jarohat yetmagan. Tuman IIB va Milliy Gvardiya Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘z vaqtida nojo‘ya harakatlarning oldi olinishiga erishilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, o‘sha kuni IIB va Milliy Gvardiya Qo‘riqlash bo‘limining 24 nafar xodimi IIB tomonidan ishlab chiqilgan dislokatsiya asosida jamoat tartibini saqlashga biriktirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Nukusda festivaldan so‘ng ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

11:35 / 27.07.2025
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi

18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

12:24 / 29.05.2024
Mo‘ynoqdan Qo‘shko‘lgacha yoxud eko-qochqinlar qismati

13:35 / 13.04.2024