Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharm-ash-Shayx kurorti sayyohlar xavfsizligi maqsadida 26 kilometrlik devor bilan o‘raldi
Misrning Sharm-ash-Shayx kurort shahri sayyohlar xavfsizligini ta'minlash uchun 26 kilometrlik devor bilan o‘raldi. Devorning har 50 metrida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Foto: Maksim Talavrinov
“Biz xatolarimizni anglab, ularni to‘g‘riladik. Misol uchun, aeroportda. Hozirda u yerda eng zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Shuningdek, Sharm-ash-Shayx perimetri bo‘yicha tikan simli 26 kmlik beton devor va unda kurortga kirish uchun 4ta darvoza o‘rnatildi”, deb ma'lum qilgan jurnalistlarga Janubiy Sinay viloyati gubernatori Xolid Fuda.
Uning ta'kidlashicha, sayyohlarga kurortda hech qanday xavf yo‘q, devor esa ehtiyotkorlik chorasi sifatida qurilgan. Shu tariqa kurort shahar bir tomondan devor bilan, ikkinchi tomondan esa dengiz bilan himoyalangan. Shahar aeroporti esa baland devorlar bilan o‘ralgan.
Fudaning aytishicha, Sharm-ash-Shayxga keluvchi har qanday odam shu darvozalar orqali o‘tadi. Bu yerdagi nazorat-o‘tkazish punktlarida zamonaviy texnika, “istalgan shubhali buyumni topa oladigan” katta metall izlagichlar o‘rnatilgan. Darvozalar orqali o‘tuvchi yo‘lovchilarning hujjatlari, PsR-testlari yoki emlanganlik haqidagi sertifikatlari tekshiriladi. Mahalliy aholiga shaharga ruxsatnomasiz kirish taqiqlangan.
Kurort atrofida devor qurish 2005 yildayoq rejalashtirilgan, biroq moliyaviy muammolar sababli ushbu loyiha keyinga qoldirilgan. 2015 yil 31 oktyabrda Sharm-ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga uchgan samolyotda terakt sodir etilgandan keyin bu masalaga yana qaytilgan.
Sinay yarimoroli ustida yuz bergan fojiadan keyin Rossiya Misr kurortlariga reyslarni taqiqlagandi. Samolyotda dam olishdan qaytayotgan rossiyalik sayyohlar bo‘lgan. Undagi barcha 224 kishi terakt qurboniga aylangan.
Rossiya va Misr o‘rtasidagi aviaaloqa 2018 yilda tiklangan, biroq faqatgina Qohiraga reyslar bajarishga ruxsat berilgan.
Shu yilning 6 avgustida Rosaviaviatsiya Rossiyaning 8ta aviakompaniyasi Misr kurortlariga uchishga ruxsat olganini ma'lum qildi. 9 avgustda Sharm-ash-Shayxga 6 yillik to‘xtashdan keyin Rossiyaning birinchi yo‘lovchi samolyoti qo‘ndi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avariyalarni kamaytirish uchun yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratiladi
O‘zbekiston | 15:36
-
Rossiya O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qilish bo‘yicha tadqiqot olib boradi
O‘zbekiston | 15:26
-
«Kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak» – prezident O‘zbekiston yo‘llaridagi holat haqida
O‘zbekiston | 15:24
-
Davlat dumasi FSBga o‘z tergov hibsxonalariga ega bo‘lish huquqini qaytardi
Jahon | 15:24
Mavzuga oid

14:51 / 26.06.2025
Kim Chen In KXDRda jahon darajasidagi sohilbo‘yi kurortini ochib berdi

14:00 / 20.02.2025
Xitoyda “qorli” kurort rahbariyati sayyohlarni yo‘qotmaslik uchun qorni soxtalashtirdi

14:03 / 21.01.2025
Turkiyadagi kurort mehmonxonada yirik yong‘in sabab 10 kishi halok bo‘ldi

13:05 / 18.12.2023