Portugaliyada 12 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi

Jahon 18:34 / 10.08.2021 2460

Portugaliyada 12 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi, deb xabar qilmoqda RTP teleradiokompaniyasi.

Statistikaga ko‘ra, mamlakatda 12-15 yoshli o‘smirlar 400 ming nafarga yaqin.

Portugaliyada uzoq vaqt davomida o‘smirlarni emlash borasida munozaralar bo‘lib o‘tdi, oxir-oqibat hukumat YeI va AQShdagi tadqiqotlar natijalariga tayangan holda o‘smirlarga vaksina qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi qarorga keldi.

Yevropa regulyatori 12 yoshdan katta o‘smirlarni Pfizer/Biontech va Moderna kompaniyalari vaksinalari bilan emlashni tavsiya qilgan.

Portugaliyada oxirgi sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 1,9 mingta yangi holat aniqlandi. Pandemiya boshlanganidan buyon kasallanganlar soni 988 mingdan oshgan, 17 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: