Gruziyada niqob taqish rejimi qaytadan joriy etildi

Jahon 15:05 / 10.08.2021 2394

Koronavirus tarqalishi o‘sgani sababli Gruziya hukumati majburiy niqob taqish rejimini qaytadan joriy etdi.

Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tavsiyasiga ko‘ra, 10 avgustdan boshlab besh nafardan ortiq odam to‘plangan ochiq va yopiq makonlarda niqob taqish majburiy bo‘ladi.

Qayd etilishicha, umumiy ovqatlanish muassasalarida ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi. Ushbu cheklovni buzganlik uchun 10 ming lari (3 ming dollar) jarima solinadi, qoidabuzarlik takroran yuz bersa, muassasa yopib qo‘yiladi.

Gruziya hukumati qaroriga ko‘ra, mamlakatda 2020 yildan buyon tungi klublar ishlamayapti.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, yakshanba kuni Gruziyada 2236 ta yangi holat aniqlangan, 44 bemor vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: