Jahon | 18:25 / 07.08.2021
12725
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina janubida qor yog‘di
Odessa-Nikolayev trassasida yomg‘ir, do‘l va qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik bo‘lgan.

Foto: Facebook/Arkady Dabagyan
Ukrainada avgust oyida qor yog‘di, deb xabar bermoqda korrespondent.net.
Xabarda aytilishicha, Odessa-Nikolayev trassasida yomg‘ir, do‘l va qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik bo‘lgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qor birpasda erib ketgan.
Shuningdek, kuchli shamol oqibatida daraxtlar ag‘darilgani aytilmoqda.