Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, endi uy-joy ijarasi ham aholi daromadlariga qo‘shib hisoblanadi.
Statqo‘m buni “Milliy hisoblar tizimi-2008” (MHT-2008) xalqaro standartini amaliyotga joriy etish va Xalqaro valuta jamg‘armasi hamda Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari tavsiyalari asosida amalga oshirilgani bilan izohladi. Buning uchun alohida nizom ham ishlab chiqilgan.
Misol uchun, bir kishi oyiga turar joy uchun 200 dollar ijara puli to‘laydigan bo‘lsa, bu ijara puli uning oylik daromadiga kiritiladi. Bu holat iqtisodiy operatsiya hisoblanadi.
Agar kishi o‘z uyida yashasa va ijara puli to‘lamasa, bu holat iqtisodiy operatsiya hisoblanmaydi. Biroq bunda u xuddi shunday uyni ijaraga olganida, to‘lashi kerak bo‘lgan mablag‘ miqdorida shartli daromad olishi kerakligi va bu daromadga teng bo‘lgan shartli yashash xizmatlari hisobga olinadi.
Shularni inobatga olib qo‘mita aholining 10 yillik daromadini qayta hisoblab chiqdi. Natijada aholi daromadlari 5-6 foizga, ya'ni 18,8 trln.so‘mga ko‘paydi. 2020- yil aholi umumiy daromadlarning nominal hajmi 401,5 trln. so‘mdan 420,3 trln. so‘mga oshdi.