KIA kompaniyasi O‘zbekistonda yana 2 turdagi yangi avtomobillar sotuvini boshladi. Avgust oyidan boshlab sotuvda Stringer (649 900 000 so‘mdan boshlanadi) va Sarnival (499 900 000 so‘mdan boshlanadi) modellari paydo bo‘ldi.
Kompaniya 2020 yil noyabrdan boshlab «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasidagi ADM-Jizzakh zavodida uchta komplektatsiyadagi Seltos krossoveri va beshta komplektatsiyadagi K5 sedanini yig‘ishni boshlagandi. K5 sedanining narxi 249,9 million so‘mdan 369,9 million so‘mgacha, Seltos krossoveri 229,9 million so‘mdan 279,9 million so‘mgacha bo‘lishi ma'lum qilingan.
Shuningdek, joriy yilning iyun oyidan Sorento (429,9 mln. so‘mdan) va Soul (219,9 mln. so‘mdan) modellari ham sotuvga chiqarilgandi.
Ma'lumot uchun, KIA Motors – Janubiy Koreyaning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri. Bugungi kunda u 8 mamlakatda 14 ta ishlab chiqarish va yig‘ish operatsiyalarida yiliga 1,4 milliondan ortiq avtomobil ishlab chiqaradi. KIA avtomobillari 172 ta mamlakatni qamrab olgan 3000 dan ortiq distribyutor va dilerlar tarmog‘i orqali sotiladi va xizmat ko‘rsatiladi. Korporatsiya 40 mingdan ortiq xodimga ega va yillik daromadi 17 milliard AQSh dollaridan oshadi.
Jizzaxdagi ishlab chiqarish liniyasi KIA kompaniyasining Rossiyadagi bosh shtabi nazoratida bo‘lishi belgilangan. Birinchi bosqichda yangi korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 25 ming avtomobilni tashkil qilishi, barcha ishlar yakuniga yetgach esa, bu ko‘rsatkich 100 ming avtomashinagacha oshirilishi rejalashtirilgan.