Yaponiyada koronavirus yuqtirish holatlari soni misli ko‘rilmagan tezlikda o‘sayotgani aytildi

Jahon 16:50 / 05.08.2021 5298

Yaponiyaning ko‘plab rayonlarida koronavirus yuqtirish holatlari soni misli ko‘rilmagan tezlikda o‘smoqda. Bu haqda mamlakat iqtisodiy rivojlanish vaziri Yasutosi Nisimura aytdi, deb yozadi The Japan Times.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, keyingi haftalarda kasallik o‘choqlari ilgari kam qayd etilgan joylar, masalan, univermaglar, sartaroshxona va maktablarda aniqlanmoqda.

Yuqumli kasalliklar milliy institutining fikricha, Yaponiya poytaxtida aniqlangan holatlarning qariyb 70 foiziga "delta" shtammi sabab bo‘lmoqda.

Ekspertlar virus hozirgi sur'atda tarqalishda davom etsa, ikki haftadan so‘ng Tokioda kuniga 4500ta holat aniqlanishini aytmoqda.

2 avgustdan buyon mamlakatning Saytama, Tiba, Kanagava va Osaka prefekturalarida favqulodda vaziyat rejimi amal qilmoqda, Xokkaydo, Isikava, Kioto, Xego, Fukuokada kuchaytirilgan choralar rejimi joriy etilgan. Tokio va Okinavada favqulodda vaziyat rejimi 31 avgustgacha uzaytirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: