O‘zbekiston – Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalari tashkil etiladi 

O‘zbekiston 08:40 / 05.08.2021 5526

«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar ko‘p qirrali iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun ustuvor vazifalarni belgilab, o‘zaro savdoni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaxshilash, shu jumladan, mavjud tarif va notarif to‘siqlarni izchil bekor qilish hamda ikki mamlakat bozorlariga O‘zbekiston va Turkmanistonda ishlab chiqilgan tovarlarning kirishini soddalashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni birga boshlashga kelishib oldilar. Ikki mamlakat iqtisodiyotlarining mavjud salohiyatini inobatga olgan holda, ushbu chora-tadbirlar yaqin kelajakda O‘zbekiston – Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 milliard dollarga yetkazish imkonini berishi bashorat qilinmoqda.

O‘zbekiston – Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu ikki tomonlama savdo rivojiga qo‘shimcha turtki beradi, jumladan, qishloq xo‘jaligi va maishiy texnika, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, shuningdek neft-kimyo mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni oshiradi.

Shuningdek, rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlarga, xususan, Turkmanistonda 5-6 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 3-Maslahat uchrashuvi va Markaziy Osiyo mamlakatlari Iqtisodiy forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: