Statqo‘mga ko‘ra, bu yil mamlakatda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 14ta xorijiy davlat bozorlariga yetkazib berilgan. Eksport o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 ming tonnaga, ya'ni qariyb 5,3 baravarga oshgan.
O‘tgan 6 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar quyidagicha:
- Qozog‘iston – 11,8 ming tonna;
- Rossiya – 6,3 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 2,9 ming tonna;
- Belarus – 527,0 tonna;
- Latviya – 524,0 tonna;
- Ukraina – 484,2 tonna;
- Germaniya – 131,2 tonna;
- Moldova – 59,5 tonna.